UzAuto Motors ertaga yana Cobalt uchun kontraktasiya ochadi

UzAuto Motors ertaga yana Cobalt uchun kontraktasiya ochadi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomobili uchun 17 iyul kuni soat 10:00 da kontraktasiya ochilishini ma’lum qildi.

Kompaniya avvalgi (1, 2) kontraktasiyada tuzilgan shartnomalardan chiqarilgan hajmlarni sotuvga qo‘yishni ma’lum qildi.

Avtomobillarni xarid qilishda shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Telegram bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

UzAuto Motors avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozimligini eslatib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!