Rossiya rasmiylari Telegram'dagi rasmiy yozishmalarni o‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma oldi

 Rossiya rasmiylari Telegram'dagi rasmiy yozishmalarni o‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma oldi

Baza Telegram kanali manbalariga ko‘ra, bunday buyruq qator huquq-tartibot idoralari xodimlari, shuningdek, prezident ma’muriyati va Rossiya hukumati xodimlariga kelgan. Bundan tashqari, bunday ko‘rsatma Rossiya Mudofaa vazirligining yuqori martabali qo‘mondonlari, shuningdek, ayrim yirik tadbirkorlarga berilgan.

Shu bilan birga, Baza'ga intervyu bergan rasmiylarning ayrimlari yozishmalarni o‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma olmaganliklarini aytishdi. Biroq, ular o‘zlarining rahbarlaridan bunday ko‘rsatmalarni kelayotgan dushanba-seshanba kunlari olishlari mumkinligini bildirishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!