Shimoliy Koreyalik stol tennischilar Olimpiadada janubliklar bilan selfi tushganda jilmaygani uchun jazolanishi mumkin

Shimoliy Koreyalik stol tennischilar Olimpiadada janubliklar bilan selfi tushganda jilmaygani uchun jazolanishi mumkin

Parij Olimpiadasida selfiga tushgan Shimoliy Koreyaning stol tennis bo‘yicha kumush medali sohiblari shohsupada «jilmaygani» uchun intizomiy jazoga tortilishi mumkin.

Shimoliy koreyalik Kim Kum Yong dushman mamlakatdan kelgan janubiy koreyalik sportchilar yonida suratga tushayotgan vaqt jilmaygani uchun tekshirilmoqda, deb xabar bermoqda Telegraph.

Ushbu sportchining sherigi Ri Jong-Sik shohsupadan tushganidan so‘ng Xitoylik oltin medal sohibi va Janubiy Koreyalik bronza medal egalari bilan birga vaqti tabassum qilgani uchun jazoga tortilishi mumkin, deb yozadi New York Post.

15 avgust kuni vataniga etib kelganidan beri Shimoliy Koreya jamoasi bir oy davomida «ifloslanish ta’siridan» «tozalash»dan o‘tmoqda, deya xabar beradi Daily NK.

Xabarlarga ko‘ra, bunday «tozalash» mamlakat sport vazirligi tomonidan uch bosqichli mafkuraviy baholash jarayoni bo‘lib, sportchilarni «nososialistik» madaniyatning ta’siridan xalos etishga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!