Medvedev Durovni xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qilishga chaqirdi

Medvedev Durovni xavfsizlik kuchlari bilan hamkorlik qilishga chaqirdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga izoh berib, ularning uzoq yillik suhbatini esladi. Medvedevning aytishicha, u Durovni rasmiylar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortish oqibatlari haqida ogohlantirgan.

“Bir vaqtlar, ancha oldin men Durovdan nega og‘ir jinoyatlar bo‘yicha huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishni istamasligini so‘ragandim. «Bu mening prinsipial pozisiyam», dedi u. «Keyin har qanday mamlakatda jiddiy muammolar bo‘ladi», dedim unga", - deb yozgan Medvedev Telegram-kanalida.

Medvedevning fikricha, Durov Rossiyani tark etib, boshqa davlat fuqaroligini olib, xato qilgan. Uning ta’kidlashicha, "umumiy dushmanlar" uchun Durov rus bo‘lib qoladi, bu "oldindan aytib bo‘lmaydigan va xavfli" degan ma’noni anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Durov 2014 yilda Vkontakte tarmog‘idagi mojarodan keyin Rossiyani tark etgan. U BAA, Fransiya va Sent-Kits va Nevis fuqaroligiga ega. Durov tomonidan asos solingan Telegram turli mamlakatlar rasmiylari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun bir necha bor tanqid qilingan.

Durovning hibsga olinishi Le Burje aeroportida bo‘lib o‘tdi. Fransiya rasmiylari uni moderasiyaning etarli darajada emasligi va huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun Telegram orqali noqonuniy faoliyatga sheriklikda gumon qilmoqda.

U terrorizm, giyohvandlik, firibgarlik va bolalarga qarshi jinoyatlarda ayblanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!