Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan fuqarolarga yordam berildi

Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan fuqarolarga yordam berildi

Kecha, 25 avgust kuni soat 15:40 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumani «Chimyon» mahalla hududidagi «Katta chimyon» tog‘iga uch nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olgan yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!