Qozog‘iston Raqamli rivojlanish vazirligi Pavel Durovni himoya qildi

Qozog‘iston Raqamli rivojlanish vazirligi Pavel Durovni himoya qildi

Qozog‘iston raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyev Fransiyada hibsga olingan Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Durov kompaniyasi bilan hamkorlik darajasini yuqori baholadi. Bu haqda vazir Facebook'dagi sahifasida yozdi.

«Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovasiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi nomidan Telegram jamoasi bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha ijobiy tajribaga ega bo‘lganimizni alohida ta’kidlamoqchiman. Biz messenjerda shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishi, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yish bilan bog‘liq muammolarni bir necha bor muvaffaqiyatli va tezkor hal qildik. Telegram jamoasi o‘zining shaxsiy daxlsizligi va so‘z erkinligini himoya qilish tamoyillariga sodiq qolgan holda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun doimo hamkorlik qilishga tayyorligini namoyish etib kelgan», — deb yozadi Madiyev.

Vazir Telegram'ning Qozog‘istonda mashhurligini ta’kidlab, Pavel Durov ishtirok etgan Qozog‘iston Respublikasidagi xayriya loyihalarini esladi.

Qozog‘iston Jurnalistlar uyushmasi ham Telegram asoschisini qo‘llab-quvvatladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!