Evropa Ittifoqi xavotirda: Turkiya Afrikani egallab olmoqda

Evropa Ittifoqi xavotirda: Turkiya Afrikani egallab olmoqda

Evropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Josep Borrell, Turkiyaning Afrika qit’asidagi siyosiy, iqtisodiy, harbiy va savdo harakatlarini tanqid qildi.

Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Turkiya va Liviya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning so‘nggi paytlarda sezilarli darajada ortganidan xavotir bildirdi va buni «tashvishli» deb atadi.

«Men Bryusselga kelganimda, Liviyada Fransiya va Italiya harbiylari bo‘lgan», - deya ta’kidladi Xosep Borrel - «Ular har doim ham kelishilgan holda harakat qilishmagan, har doim ham birga ishlamagan, ammo kelishmovchiliklarga qaramay, u erda birga bo‘lishgan. Bugungi kunda Liviyada evropaliklar yo‘q, faqat turklar va bir nechta ruslar bor. Liviya sohilidagi bazalar endi Yevropaniki emas, endi ular turk bazalari. Bu biz O‘rta yer dengizida ko‘rishni xohlagan tartib emas».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!