Isroil Madrimov keyingi jangini kamar uchun o‘tkazishi mumkin

Isroil Madrimov keyingi jangini kamar uchun o‘tkazishi mumkin

Super yarimo‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov keyingi jangida WBC Interim kamari sohibi, amerikalik Verjil Ortis bilan to‘qnash kelishi mumkin. Bu haqda Saudiya Arabistoni ko‘ngilochar departamenti boshqarmasi raisi Turki al ash Shayx ma’lum qildi.

"Biz Ortis uchun uch nafar eng yaxshi raqiblarni tanladik. Agar Krouford jang qilishni istamasa, Virjil uchun uch nafar ideal raqiblar bor. Birinchisi - Isroil Madrimov! U bu jangga haqli. Ikkinchisi esa Jeyron Ennis, u xam bu jangga xaqdor. Keyingisi Tim Szyu, lekin men Szyu bilan ishlashni xohlamayman. U menga o‘rtamizda nima bo‘lganini tushuntirib berishi kerak. Bu aniq unga yo‘llangan xabar", dedi al ash Shayx.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!