Durovning yonida yurgan qiz G‘arb razvedka xizmatlari tomonidan yollanganmi?

A A A
Durovning yonida yurgan qiz G‘arb razvedka xizmatlari tomonidan yollanganmi?

Durov bilan Bokuda bo‘lgan Yuliya Vavilova G‘arb razvedka xizmatlari tomonidan yollangan bo‘lishi mumkin degan versiya Moskvada ko‘rib chiqilmoqda.

Parijda media-magnat va fransuz biznesmeni o‘rtasidagi uchrashuvda vositachilik qilgan shaxs Vavilova degan shubhalar paydo bo‘ldi.

Hozirda bu versiya Moskvadagi idoralarda hukmronlik qilmoqda va tegishli tekshiruv olib borilmoqda, dedi Rossiya TIVdagi manba Haqqin.az saytiga bergan intervyusida.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Vavilova Parij bilan yaqin aloqada bo‘lgan.

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bilan birga 24 yoshli Yuliya Vavilova Parijda qo‘lga olingan. Bu haqda Baza telegram kanali xabar berdi.

Nashrning yozishicha, “16 avgust kuni Yuliya Instagram’dagi storiyeslarida Qozog‘istondan Ozarbayjonga uchib ketganini e’lon qildi. Qizning fonida Embraer Legacy 600 samolyoti ko‘rinib turardi".

«Ijtimoiy tarmoqlarga qaraganda, Yuliya Dubayda yashaydi va ko‘pincha Pavel Durov bo‘lgan joylarda bo‘ladi. 25 avgustga o‘tar kechasi Yuliya internetda ko‘rinishni to‘xtatdi. Yuliyaning o‘zi o‘zini geymer, streymer, kripto-investor deb ataydi va arab tilida kripto haqida kanal yuritadi», deb yozadi Baza.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!