RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Shu kunlarda RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) o‘zining xorijiy hamkasbi - Rossiya Federasiyasi Bolalar ombudsmani M.Lvova-Belovaga yuborgan so‘rovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish choralari ko‘rilayotganligi, O‘zbekiston mas’ul idoralari (IIV, TIV) tomonidan bolalarni vatanga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda RFda yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam so‘ragan.

🖇 O‘zbekiston Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, RF Bolalar ombudmanining tezkor choralari natijasida mazkur masalada zarur ko‘mak ko‘rsatildi va ular joylashgan hududlarda bolalar uchun qulay va munosib shart-sharoit ta’minlandi.

25 avgust kuni 9 nafar bola, bundan avval 22 nafar bola (13 nafari - Sankt-Peterburg shahridan, 9 nafari - Moskva shahridan, 8 nafari - Novosibirsk shahridan, 1 nafari - Qozon shahridan olib kelingan) Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan yurtimizga qaytarildi.

🔸Fursatdan foydalanib, Bolalar ombudsmani bola manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi tezkor hamkorligi uchun RF Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildiradi va o‘zaro konstruktiv hamkorligini davom ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!