Ukrainada yirik raketa hujumi: qurbonlar bor, turar-joy binolari yonmoqda

Ukrainada yirik raketa hujumi: qurbonlar bor, turar-joy binolari yonmoqda


Bugungi zarbalar natijasida Luskdagi infratuzilma ob’ekti zarar ko‘rdi. Bir kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumot bor.

Zaporojye viloyatining o‘qqa tutilishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi.

"Dnepropetrovsk viloyatida otishma natijasida 69 yoshli erkak halok bo‘ldi. Hujum oqibatida bir necha yong‘in yuz bergan", dedi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisak.

Poltava viloyatida sanoat ob’ekti shikastlangan, besh kishi jarohatlangan.

Ukrainaning ko‘plab yirik shaharlarida ertalab portlashlar sodir bo‘ldi. Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar bor, chunki asosiy nishon energetika infratuzilmasi ekani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!