Islandiyada muz g‘ori ziyoratchilar ustiga quladi

Islandiyada muz g‘ori ziyoratchilar ustiga quladi

Islandiyada muz g‘orining ziyoratchilar ustiga qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi bedarak yo‘qoldi.

Mahalliy polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, 25 nafar sayyohdan iborat guruh qulagan paytda mashhur Breidamerkurjokull muzligi g‘orida bo‘lgan.

Ikki sayyoh og‘ir jarohat olgan.

Favqulodda hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Qayd etilishicha, hodisa vulqon otilishi bilan bog‘liq emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!