Isroil va Livandagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapmiz — AQSh Davlat departamenti

 Isroil va Livandagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapmiz — AQSh Davlat departamenti

Qo‘shma Shtatlar Isroil va Livandagi o‘z fuqarolariga ehtiyotkorlik va hushyorlik muhimligini, chunki xavfsizlik bilan bog‘liq hodisalar, jumladan, raketa va dron zarbalari ogohlantirishsiz sodir bo‘lishi mumkinligini eslatdi.

"Tijoriy reyslar avvalgidek amalga oshirilayapti, AQShga qaytish uchun moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar esa kredit olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Isroil yoki Livanni tark etmaslikni tanlagan fuqarolarga favqulodda vaziyatga tayyorgarlik ko‘rish va qo‘riqlanadigan hududlarda uzoq vaqt qolishga tayyor bo‘lish tavsiya etiladi", deya ma’lum qildi AQSh Davlat departamenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!