Vinisius nega Saudiyadan kelgan dahshatli shartnomani rad etdi?

Vinisius nega Saudiyadan kelgan dahshatli shartnomani rad etdi?

"Real" hujumchisi Vinisius Junior nima sababdan Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishdan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi.

ESPN nashri xabariga ko‘ra, bu “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyati bilan bog‘liq. Manba ta’kidlaganidek, Vinisiusning "Real"da qolishiga boshqa omillar ham sabab bo‘lgan, ammo "Oltin to‘p" eng muhimi bo‘lgan. Avvalroq matbuotda Saudiya klublaridan biri Juniorga foydali shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Braziliyalik hujumchi 2024 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish favoritlaridan biri sanaladi. O‘tgan mavsumda u "Real Madrid" bilan birgalikda Ispaniya chempioni va UYEFA Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!