Qo‘shma Shtatlar Kursk operasiyasiga ehtiyotkorlik va optimizm bilan munosabat bildirmoqda

 Qo‘shma Shtatlar Kursk operasiyasiga ehtiyotkorlik va optimizm bilan munosabat bildirmoqda

Qo‘shma Shtatlar Kursk operasiyasiga ehtiyotkorlik va optimizm bilan munosabat bildirmoqda — The Wall Street Journal .

"Ukraina Kursk viloyatida o‘z maqsadlariga qisman erishdi. Kursk operasiyasi Ukraina Rossiyaning harbiy qudratini to‘xtata olmasligi haqidagi hukmron qarashlarni o‘zgartira oldi", deb yozadi Amerika nashri.

AQSh rasmiylari nuqtai nazariga ko‘ra, Kursk operasiyasining uchta asosiy maqsadi bor: Rossiyani Ukraina sharqidagi qo‘shinlarini olib chiqishga undash, jang maydonidagi mag‘lubiyat haqidagi tasavvurlarni inkor qilish va mumkin bo‘lgan tinchlik muzokaralari oldidan Ukrainaning pozisiyasini yaxshilash. Nashrning yozishicha, ayni damda uchta maqsadga ham qisman erishilgan. Bundan tashqari, nashr Rossiya Federasiyasidan harbiy asirlar sonining ko‘payishini ham yana bir yutuq sifatida baholamoqda.

"Endilikda, Oq uy Zelenskiyning bu harakatlari o‘zini oqlaydimi yoki yo‘qmi, ehtiyotkor optimizm bilan kuzatmoqda. Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga operasiya o‘tkazish uchun joy ajratmoqda, shu bilan birga bu masalada jamoatchilik muhokamasidan qochishga harakat qilmoqda", deb yozadi WSJ.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!