Germaniya prezidenti mamlakatdagi saylovlar oldidan demokratiyaga tahdid borligi haqida ogohlantirdi

Germaniya prezidenti mamlakatdagi saylovlar oldidan demokratiyaga tahdid borligi haqida ogohlantirdi

Frank-Valter Shtaynmayer Saksoniya va Tyuringiya hududiy parlamentlariga saylovlardan bir hafta oldin bergan intervyusida "Demokratiyamiz poydevoriga hujum qiladigan hech qaysi shaxs hokimiyatga erishmasligi kerak", deya fikr bildirdi.

Shtaynmayer gap qaysi siyosiy kuchlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu hududlarda, o‘ng qanot populist “Germaniya uchun muqobil” partiyasi yetakchilik qilmoqda. Ko‘pchilik saylovchilar Sara Vagenknextning yangi so‘l populistik partiyasiga ham ovoz berishga tayyor. Har ikkila partiya Germaniyaga immigrasiyani qat’iy cheklashni, Ukrainaga yordamni to‘xtatishni va Rossiya bilan hamkorlikni tiklashni talab qilmoqda.

Germaniya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi nemis siyosatchilari o‘zlari "nafratlanadigan" siyosiy tizimga, ya’ni siyosiy institutlar, kasaba uyushmalari va mustaqil ommaviy axborot vositalariga qarshi kurashmoqda.

"Bunday kuchlar mamlakatni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun hech narsa taklif qilmaydi, ular boshqacha mamlakatni xohlashadi", — deya ta’kidladi Shtaynmayer.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!