Izboskan tumanidagi yog‘ ishlab chiqarish sexidan 1,6 mlrd so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Izboskan tumanidagi yog‘ ishlab chiqarish sexidan 1,6 mlrd so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi, Izboskan tuman bo‘limi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “F.s.”, “A.i.”, “A.V.” va “A.l.” MCHJlar rahbari A.T. Izboskan tumani, “Qo‘g‘ay” MFY hududidagi yog‘ ishlab chiqarish sexida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,6 mlrd so‘mlik 65 turdagi jami 74 577 dona alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko‘ra, 1 052 dona alkogol mahsulotining aksiz markalari qalbakiligi, 72 268 dona alkogol mahsuloti iste’molga yaroqsiz ekanligi, shuningdek Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi “A-sh.”, “B.g.” hamda “Z.v.” MCHJlardan sotib olingan 29 turdagi 31 060 dona alkogol mahsulotining “QR-kod” markirovkalari haqiqiy emasligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi “B.g.” MCHJ mas’ul shaxslari lisenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan lisenziyasiz faoliyat ko‘rsatib kelayotganliklari fosh etilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!