Telegramda "ikkinchi foydalanuvchi" sifatida ulanib olgan "tovlamachi" qo‘lga olindi

Telegramda "ikkinchi foydalanuvchi" sifatida ulanib olgan "tovlamachi" qo‘lga olindi



Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi (ayol) R.Q. murojaat qilib, o‘zining uyatli rasmlarini telegram messenjerida tarqatib yubormaslik evaziga noma’lum shaxs tomonidan 300.000 so‘m talab qilayotganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi M.D. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.D., jabrlanuvchi ayol R.Q.ning avval foydalanuvida bo‘lgan ammo, hozirda telegrami faol bo‘lgan telefon raqamini sotib olgan va telegram akkauntiga yashirin tarzda ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olib, 300.000 ming so‘m o‘tkazib bermasa akkauntdagi mavjud rasmlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitganligi ma’lum bo‘ldi.

⚖️ Mazkur holat yuzasidan M.D.ga nisbatan O‘zR. JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!