Kim Chen In kamikadze dronlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish niyatida

 Kim Chen In kamikadze dronlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish niyatida

KXDR Milliy mudofaa akademiyasi dron instituti kamikadze-dronlarni sinovdan o‘tkazdi. Sinovlarni KXDR yetakchisi Kim Chen Inning shaxsan o‘zi kuzatib turgan. Mamlakat rasmiylarining ta’kidlashicha, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan – dronlar belgilangan marshrutlar bo‘ylab uchib, nishonlarni topib, ularni yo‘q qilgan.

Shundan so‘ng Kim Chen In Shimoliy Koreya armiyasini ushbu turdagi qurollar bilan tezkor ta’minlash, taktik piyodalar va maxsus operasiyalar bo‘linmalarida shu turdagi dronlardan foydalanish uchun kamikadze dronlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil boshida Shimoliy Koreya yadroviy kallak bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan “Xeil-5-23” suv osti dron tizimini sinovdan o‘tkazilganini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!