Reuters agentligining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ukrainada o‘ldirildi

Reuters agentligining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Ukrainada o‘ldirildi

Reuters agentligining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Rayan Evans Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Kramatorsk shahrida otishmada halok bo‘ldi.

Bu haqda agentlik tarqatgan xabarda aytiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshli Evans sobiq britaniyalik harbiy bo‘lib, agentlikda 2022 yildan beri ishlagan.

U butun dunyo bo‘ylab, jumladan Ukraina, Isroil va yaqinda bo‘lib o‘tgan Parij Olimpiadasida jurnalistlarning xavfsizligi bo‘yicha maslahat bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!