Uyquning me’yori qancha bo‘lishi kerak?

Uyquning me’yori qancha bo‘lishi kerak?

Inson umrining uchdan ikki qismini uyquda o‘tkazar ekan. Uyqu tanamiz dam olib, ruhimiz sokin tortadigan holat. Xo‘sh buning uchun necha soat uxlashimiz kerak. Ko‘pchilik bir fikrda sobit turadi, inson kuniga sakkiz soat uxlashi kerak. ASLIDACHI.

Odam uyqusi borasida ish olib borayotgan Arizona universiteti professori Shong Yang Shtatning aytishicha yetti soat uxlaydiganlar, sakkiz soat va undan ko‘p uxlaydiganlarga qaraganda kasalliklarga kamroq chalinar ekan.

Kaliforniya universiteti professori Daniyl Krepki bu borada maxsus tadqiqot ham o‘tkazgan. U olti yil davomida saraton kasalligiga chalingan bir milliondan ziyod bemorlarning uyqusi va sog‘ayish dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuzatdi. Olti yarim soatdan yetti yarim soatgacha uxlaydiganlar bundan ko‘proq yoki kamroq uxlaydiganlarga nisbatan tezroq tuzalishgan.

Bu me’yor esa har kimda har xil bo‘lib, uni inson genetikasi, dunyoqarashi kabi omillar belgilab beradi. Ammo shunga qaramay, o‘rtacha ko‘rsatgich mavjud. Inson uyg‘onganida o‘zini yaxshi his qilib, og‘irlik va holsizlik holatlari kuzatilmasligi, kun davomida faol harakatda bo‘lishi uchun o‘rtacha olti, sakkiz soat uxlashi kerak bo‘ladi.

Uyqu me’yorda bo‘lishi muhim, zero yetarlicha uxlamaslik nafaqat ertasiga holsizlanib yurishimizga sabab bo‘ladi balki, sog‘ligimizga ham jiddiy zarar yetkazadi. Muntazam ravishda uyquga to‘ymaslik, semizlik, qandli diabet, yurak qon tomir tizimi kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Ko‘pchiligimiz dam olish kuni to‘yib uxlab, boshqa kunlari yetmay qolgan uyqu o‘rnini to‘ldirishga va charchoqni chiqarib olishga harakat qilamiz, ammo bu ishimiz ham xato ekan. Hatto bir ikki kun uxlab, har doimgidan kech turishimizning o‘zi ham, organizmimiz bioretmi buzilishi uchun yetarli. Bu esa endi kunimiz toliqish va charchoq bilan o‘tadi degani. Unda nima qilish kerak? Uyqu foydali bo‘lishi uchun bir vaqtda yotib, bir vaqtda turish kerak.

Ayrimlar uyqusizlikdan shikoyat qilishadi. Quyida uyqusizlikda asqotadigan foydali maslahatlardan keltirib o‘tamiz.

-Uhlashdan oldin xonani shamollating. Xonaning harorati 18 daraja bo‘lishi maqsadga muvofiq.

-Qulay va qattiqroq bo‘lgan o‘rindiqda uxlang. O‘ta yumshoq, qalin va sintetik ko‘rpa-to‘shaklardan foydalanmaganingiz ma’qul.

-Yostiq uchun jild va choyshablarni tabiiy matolardan tanlaganingiz ma’qul.

-Har kuni aynan bir vaqtda uhlashga odatlaning.

-Uhlashdan oldin bir qoshiq asal, banan yoki bir piyola iliq sut iching. Sababi bular uyqu chaqiruvchi tabiiy ne’matlardir.

Nozimjon MARDONOV, O‘zJOKU talabasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!