Ukrainada bir kunda 93 ta odam koronavirusga chalindi

Ukrainada bir kunda 93 ta odam koronavirusga chalindi

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning umumiy soni 311 kishini tashkil etgan, sakkizta bemor vafot etgan.

Ivano-Frankovsk viloyatida uch kishi halok bo‘ldi. Jitomir, Rivne, Sumi, Chernivsi va Ternopil viloyatlarida bittadan o‘lim qayd etildi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash markazining ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi sutkada 93 ta koronavirus bilan kasallanish qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, besh nafar bemor, shu jumladan bitta bola sog‘ayib ketgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!