Ukraina Mudofaa vaziri: Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb bilan “shaxmat o‘ynayapti”

Ukraina Mudofaa vaziri: Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb bilan “shaxmat o‘ynayapti”

Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikovning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb bilan “shaxmat o‘ynayapti”

Rossiya Ukraina bilan chegarada harbiylar va harbiy texnika olib kelmoqda. Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, maqsad YEI va NATOning birligini sinovdan o‘tkazish.

Reznikov AQSh va Yevropa Ittifoqi davlatlarini keyingi har qanday tajovuz uchun Rossiyani javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Rossiya rasmiylari esa Rossiya hech kimga tahdid qilmasligini va hech kimga xavf solmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov qo‘shinlarning mamlakat hududi bo‘ylab harakatlanishi faqat uning ichki ishi ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Moskvadagi Markaziy shaxmat uyining ochilish marosimida Peskov Vladimir Putin oddiy shaxmat o‘rniga “geosiyosiy shaxmat” o‘ynashini aytgan edi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!