Tvitter dinni tahqirlovchilarga qarshi kurashda akkauntni to‘xtatib qo‘yishini aytdi

Tvitter dinni tahqirlovchilarga qarshi kurashda akkauntni to‘xtatib qo‘yishini aytdi

"Tvitter" mikrobloglar ma’muriyati platformadan foydalanish qoidalarini kengaytirib, din, millat, ijtimoiy kelib chiqishini tahqirlovchi so‘zlarga qarshi qo‘shimcha choralarni joriy etgan.

"Bugun biz irqiy, etnik  kelib chiqishi yoki millatiga nisbatan inson qadr-qimmatini kamsitadigan so‘zlardan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha siyosatimizni kengaytirmoqdamiz" deyiladi bayonotda.

Ijtimoiy tarmoq ma’muriyati qoidalarni buzgan "haqoratli kontentga" e’tibor qaratib, shu mazmundagi yozishmalarni olib tashlashga harakat qiladi.

"Agar tarmoq foydalanuvchisi bir necha marta "Tvitter" qoidalarini buzsa, biz uni vaqtincha bloklashimiz yoki akkauntni to‘xtatib qo‘yishimiz mumkin", deya ogohlantiradi ma’muriyat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!