To‘rt oyda zo‘rg‘a sal pastga tushgan dollarning rasmiy kursi qimmatlashni boshladi

To‘rt oyda zo‘rg‘a sal pastga tushgan dollarning rasmiy kursi qimmatlashni boshladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi dushanba kuni 13 so‘mga oshadi va 8325,6 so‘mni tashkil qiladi. Bunday xulosa valyuta birjasidagi bir haftalik savdo ko‘rsatkichlaridan kelib chiqmoqda.

Dollarning birja kursi shu hafta davomida 12 so‘mga oshdi va 8329 so‘mda to‘xtadi. Hafta davomida birjada amalga oshirilgan savdolarning umumiy miqdori 379,17 mln AQSh dollariga teng bo‘ldi.

15 dekabrga kelib, tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi dollarning o‘rtacha xarid kursi 8330 so‘mni tashkil qilmoqda, sotuv kursi esa 8360 so‘mga teng.

Shu hafta Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 2,2 so‘mga pasaytirdi. Bu 4 oyda ilk bor yuz berdi.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!