Turkiyada o‘zbekistonlik migrant vafot etdi

Turkiyada o‘zbekistonlik migrant vafot etdi

Joriy yilning 31 oktyabr kuni og‘ir jarohatlar bilan «Çorlu Devlet Hastanesi» tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarosi Z.V. vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.

Konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng hamyurtimizning jasadi dafn qilish uchun vatanga yuborildi.

Marhumning ish joyi «Yıldız Taşlama» fabrikasidagi avariya va xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha tergov davom etmoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi.

Konsullik huquqiy departamenti marhumning yaqinlari va oilasiga hamdardlik bildirgan.

Turkiya, Bolgariya va Ruminiya hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!