Turkiya O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berdi

Turkiya O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berdi

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga qishloq xo‘jaligi texnikasi va kartoshkaning 5 ta yangi navi yetkazib berildi.

Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga kartoshka yig‘ish mashinasi, kartoshka ekish, tuproqqa ishlov berish, o‘g‘itlar sepish va purkash mashinalari keltirildi.

Institutga ilmiy maqsadlarda «Leventbey», «Onaran-2015», «Nahita», «Nigsah», «Alegria» navlaridagi kartoshka urug‘lari sovg‘a qilindi.

Ular institutning Toshkent, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyalarida sinovdan o‘tkaziladi, deb xabar beradi matbuot xizmati.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 10 ta davlatdan 38,6 million AQSh dollari miqdorida 223,8 ming tonna kartoshka import qilingan.

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 70 ming tonnaga oshdi.

2022-yilning dastlabki 3 oyida O‘zbekiston kartoshka import qilgan mamlakatlar nomi keltirilgan:
Pokiston – 172,2 ming tonna;
Qozog‘iston – 20,1 ming tonna;
Rossiya – 13,3 ming tonna;
Qirg‘iziston – 7,5 ming tonna;
Eron – 5,4 ming tonna;
Afg‘oniston – 4 ming tonna;
Belarusiya – 631,6 tonna;
Niderlandiya – 595 tonna.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiyot me’yorlariga ko‘ra, respublika aholisining kartoshkaga yillik ehtiyoji 1,9 million tonnani, amalda esa yillik iste’moli 3,4 milloion tonnani tashkil etadi.

Bu yil kartoshka yetishtirish uchun 243 ming gektar yer ajratildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 86 ming gektarga ko‘pdir.

Joriy yilda ekin maydonlarini ko‘paytirish orqali O‘zbekiston 4,1 million tonna hosil olishi kutilmoqda.

Uning 2,6 million tonnasi fermer xo‘jaliklarida, 1,5 million tonnasi tomorqa yerlarida yetishtirilishi ko‘zda tutilgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda kartoshka hosili 3,3 million tonnani tashkil etgan bo‘lsa, shundan 650 ming tonnasi kelgusi yil hosili uchun urug‘lik sifatida ajratilgan.

Mamlakatimizning to‘qqizta tumanida kartoshka yetishtirish markazlari tashkil etilgan bo‘lib, sakkizta yangi kartoshka klasteri ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonning o‘n viloyatida 40 tuman kartoshka yetishtirishga, 9 tuman super elita navlarini yetishtirishga, 23 tuman urug‘chilikka ixtisoslashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!