“Turizmni rivojlantirish” Assosiasiyasi tashkil etildi

“Turizmni rivojlantirish” Assosiasiyasi tashkil etildi

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, mehmonxonalar faoliyatini keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yish uchun qulay shart-sharoit yaratishga ko‘maklashish va turizm muhitini takomillashtirishga yordam berish maqsadida “Turizmni rivojlantirish” Assosiasiyasi tuzildi. O‘z navbatida Assosiasiya davlat va tadbirkorlik sub ’ektlari o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘taydi, tadbirkorlarning soha yo‘nalishi bo‘yicha muammo, taklif va mulohazalarini o‘rganib, ularni vakolatli davlat idoralariga taqdim etish va hamkorlikda faoliyat yuritishni maqsad qilgan hisoblanadi.

 

"O‘zbekiston Eksportchilari" uyushmasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, Assosiasiya Adliya vazirligi tomonidan №312-reestr tartib raqami bilan 2021 yil 18 yanvar kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. “Turizmni rivojlantirish” Assosiasiyasi raisligiga Odilov Dilshodjon To‘lqinovich tayinlandi.

Dilshodjon Odilov, 2005-2009 yillarda "ICOM" mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, 2006-2009 yillarda "Grand Mir" (4 yulduz) savdo va marketing bo‘limi yetakchi mutaxassisi, 2009-2013 yillarda esa "Grand Mir" (5 yulduz) savdo va marketing bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shu bilan birga 2013 -yil "PosSystems" mas’uliyati cheklangan jamiyati hammuassisi, 2014-2016 yillarda “Gloria Hotel” (4 yulduz) mehmonxona bosh menejeri sifatida faoliyatini davom ettirgan.

Hozirda, "Dunyo bo‘ylab" telekanalining “Ish bor” realiti shousi loyihasi muallifi va shu bilan bir qatorda "HotelPro" mas’uliyati cheklangan jamiyati asoschisi va direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!