To‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati o‘zgardi​

To‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati o‘zgardi​

2018/2019 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.  ​

"Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga 2018/2019 o‘quv yili qabulida kirish sinovlari natijasiga ko‘ra yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun;

2018/2019 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tavsiya etilgan xorijiy fuqarolar uchun;

2018/2019 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi", deyiladi xabarda.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!