Tramp COVID-19 fonida "tunnel oxiridagi yorug‘lik" ni e’lon qildi

Tramp COVID-19 fonida "tunnel oxiridagi yorug‘lik" ni e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatda "tunnel oxiridagi yorug‘lik ko‘rina boshlagan".

"Biz tunnel oxiridagi yorug‘likni ko‘rishni boshlayapmiz. Ehtimol, yaqin kelajakda biz qilgan ishimizdan faxrlanamiz", dedi prezident jurnalistlarga.

Tramp rag‘batlantiruvchi ma’lumotlar Nyu-Yorkdan kelayotganini tushuntirdi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida o‘lim hollari kamaymoqda.

Hozirgi vaqtda Qo‘shma Shtatlar 335 mingdan ortiq infeksiyani yuqtirgan holatlar bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. 9,5 ming kishi koronavirusdan vafot etdi, 17 mingdan ortig‘i davolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!