Toshkentlik erkak 37 yoshli ayolga: "700 dollar bermasang, sharmandangni chiqaraman"

Toshkentlik erkak 37 yoshli ayolga: "700 dollar bermasang, sharmandangni chiqaraman"

Ichki ishlar organlariga 37 yoshli Shaxlo T. murojaat qilib, undan 700 AQSh dollarini tovlamachilik bilan talab qilayotgan shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.

Aks holda, Shaxlo eriga xiyonat qilgani haqida mish-mish tarqatishi bilan qo‘rqitgan. 16-oktyabr kuni soat 16.30 da Yashnobod tumanida pullarni olish vaqtida 35 yoshli Abduvaxob N. qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!