Buxoroda qotil 6 yildan so‘ng topildi

Buxoroda qotil 6 yildan so‘ng topildi

2018 yilning 24 aprel kuni soat 01:15 larda Buxoro shahar IIO FMB navbatchilik qismiga xabar kelib tushadi. Xabardan shaharning Turdi Farog‘iy ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in yuz berganligi ma’lum bo‘ladi. Soha xodimlari tomonidan zudlik bilan yong‘in bartaraf qilinadi. Lekin xonadon mehmonxonasidan tanasining turli joylarida jami 18 ta sanchilgan-kesilgan jarohatlar bilan shu uyda yashagan fuqaroning jasadi topiladi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. O‘sha vaqtda prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat tarkibda tergov tezkor guruhi shakllantiriladi. Bir qator tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan bo‘lsa-da, jinoyatni fosh etish bo‘yicha aniq natijalarga erishilmaydi.

Joriy yil boshidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining alohida farmoyishi asosida o‘tgan yillarda sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha tezkor surishtiruv tadbirlarini tiklash va fosh etish bo‘yicha alohida chora tadbirlar belgilanadi.

Ana shu jinoyat ishlari orasida yuqorida keltirilgan mudhish qotillik jinoyati ham mavjud bo‘lib, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ham viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs aniqlandi.

Ayblanuvchining ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish tergov harakati hamda guvohlarning ko‘rsatmalariga asosan jinoyat sodir qilganlikda gumon qilingan shaxsning aybi to‘liq isbotlandi.

Jinoyat ishi yuzasidan to‘plangan hujjatlar jazoning muqarrarligini ta’minlash uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!