WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov hamda Abdurasul Ismoilov tarozidan o‘tishdi, bugun Koreyada jang!

WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov hamda Abdurasul Ismoilov tarozidan o‘tishdi, bugun Koreyada jang!

Bugun Koreya Respublikasining Gohyong shahridagi "Paryeong Gymnasium" majmuasida navbatdagi professional boks kechasi tashkil etiladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu prof boks oqshomida ikki charm qo‘lqop ustamiz Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov ham ringga ko‘tariladi. Bokschilarimiz bugungi jang oldidan tarozidan muvaffaqiyatli o‘tib olishdi. Ular belgilangan vazn me’yorini bajarishdi.

O‘ta yengil vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi bo‘lib turgan Olimjon Nazarov (30-5-0)ga tailandlik Saravut Jiamtong (11-4-0) raqiblik qiladi. O‘n ikki raundga mo‘ljallangan jang o‘ta yengil vazn toifasida vakant bo‘lib turgan WBO International kamari uchun kechadi. Bugungi jangdagi g‘alaba orqali Olimjon o‘z kamarlari sonini 2 taga yetkazib olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Olimjon Nazarov so‘nggi jangini 13 yanvar kuni Vulan Tuolehaziga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Bugungi boks oqshomi doirasida yengil vazn toifasidagi professional bokschimiz Abdurasul Ismoilov (11-2-0) ham ringga chiqadi. Hamyurtimizga filippinlik 26 yoshli Al Toyogon (14-9-2) raqiblik qiladi. Ushbu jang 8 raund etib belgilangan. Ismoilov so‘nggi jangini 13 yanvar kuni Veyvey Lyuga qarshi o‘tkazib, nokaut bilan g‘alaba qozongan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!