Bunday xolat oshsa oshyaptiki, kamaymayapti! Toshkentda bog‘cha tarbiyachisi yosh bolani kaltakladi

Bunday xolat oshsa oshyaptiki, kamaymayapti! Toshkentda bog‘cha tarbiyachisi yosh bolani kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkentda bog‘cha tarbiyachisi yosh bolani kaltaklamoqda» sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi❕

📌 IIO tomonidan aniqlanishicha, ushbu video tarbiyachi N.T. ning telefon apparatida video tasmaga olingan bo‘lib, ushbu holat 2024 yil 30 aprel kuni soat 11:00 da Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan 512-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Maktabgacha ta’lim muassasasi 11-guruh tarbiyachisi N.T. guruhda tarbiyalanuvchilardan birining tug‘ilgan kunini nishonlash jarayonini video tasmaga olganligi, shunda N.T. tarbiyalanuvchi 2019 yilda tug‘ilgan M.D. (o‘g‘il bola) ni xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan holda, bolaning bosh qismiga bir necha marotaba qo‘li bilan urganligi aniqlangan.

🖇 Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!