Italiyaliklar jang qilishni xohlamaydi

Italiyaliklar jang qilishni xohlamaydi

Italiya mudofaa vaziri Gido Krosetto Italiya askarlari hech qanday holatda Ukrainadagi urushga jalb etilishi mumkin emasligini aytdi.


«Bizning pozisiyamiz o‘zgarmaydi: biz har doim Ukrainaga har tomonlama yordam berish kerakligini aytganmiz va buni qilyapmiz, lekin biz har doim harbiylarimizning mojaroga bevosita aralashuvini istisno qilganmiz», dedi Krosetto.

Boshidanoq «Ukraina mojaro kengayib ketmasligi uchun yordamga muhtoj”, deb aytgan Mudofaa vaziri sifatida bugun u keskinlik kuchayib ketmasligini so‘ramoqda. Agar mojaro kelib chiqsa, Italiya ko‘p narsani yo‘qotadi.

»Bugun hech kim bunga shubha qilolmaydi«, dedi vazir Italiya harbiylarining Ukrainadagi ishtiroki haqidagi savolga javob berib.

»Chunki, boshqalardan farqli o‘laroq, bizning tizimimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuvlar aniq taqiqlangan, Biz faqat BMT rezolyusiyasini bajarish kabi xalqaro mandat bo‘yicha qurolli aralashuvni ta’minlashimiz mumkin", dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga qo‘shin yuborish imkoniyati haqidagi bayonotlari «faqat keskinlikni kuchaytiradi».

«Men Fransiyadek do‘st davlat prezidentini hukm qilish majburiyatini o‘z zimmamga olmayman, lekin keskinlikni oshiruvchi bu deklarasiyalarning maqsadi va foydasini tushunmayapman», — dedi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!