Investorlar Ukrainaga bosim o‘tkazmoqchi

Investorlar Ukrainaga bosim o‘tkazmoqchi

G‘arb sarmoyadorlari va kreditorlari urush tufayli Ukraina iqtisodiga muhlat berishdan charchagan va shuning uchun Kiyev 2025 yildayoq to‘lanmagan yevro-obligasiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lashga majbur bo‘lishi mumkin. Bu haqda WSJ yozmoqda.

OAV xabarlariga ko‘ra, BlackRock BLK va Pimco guruhlari (AQShdagi eng yirik sarmoyaviy kompaniyalardan biri) Ukrainaga bu masalada bosim o‘tkazishni rejalashtirgan.

Gap Ukrainadagi yevro-oblogasiyalarning beshdan biriga (taxminan 20 milliard dollar) egalik qiluvchi investorlar haqida ketmoqda. Guruh yaqinda qo‘mita tuzdi va foizlarni to‘lash bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun Weil Gotshal & Manges advokatlarini va PJT Partners PJT bankirlarini yolladi.

Asosiy maqsad: AQShdan yaqinda 60 milliard dollarga yaqin yordam olgan Kiyev uchun mamlakatning to‘lanmagan qarzlarining katta qismini o‘chirish evaziga to‘lovlarni qayta tiklashdir.

«Kelishuvsiz Ukraina qarz ta’tilining avgust oyida tugashi bilan defoltga yo‘l qo‘yishi, investorlar o‘rtasidagi obro‘siga putur yetkazishi va yangi kreditlar olishni qiyinlashtirishi mumkin», deb yozadi WSJ.

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi vakillari va obligasiyalar egalari guruhining ayrim a’zolari aprel oyida Vashingtondagi uchrashuv chog‘ida mavzuni muhokama qilishgan. O‘sha paytda xususiy sektordan qarzni hisobdan chiqarishning umumiy hajmi obligasiyalar bozorlaridan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi, deb yozadi nashr.

AdvantageData ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina obligasiyalari bir dollar uchun 25 dan 35 sentgacha sotilmoqda, bu 15 milliard dollar yo‘qotishni anglatadi.

Nashrning eslatishicha, obligasiya egalari 2022 yilda «ikki yillik qarz ta’tiliga» rozi bo‘lganlarida, urush tezda tugashi mumkin degan fikr paydo bo‘lgan.

WSJ'ning ta’kidlashicha, obligasiya egalari endi qarzni bekor qilishga rozi bo‘lgandan keyin yillik foiz to‘lovlari sifatida 500 million dollargacha olishga umid qilmoqdalar.

"Ular qarzni keyinroq hisobdan chiqarishga rozi bo‘lishlari mumkinligini aniq aytishdi. Ayrim obligasiya egalari Rossiyaning Yevropa va Shimoliy Amerikadagi muzlatilgan aktivlaridan qarzning bir qismini to‘lash uchun foydalanishni taklif qilishdi”, — deb yozadi nashr.

XVJ va boshqa G7 davlatlari hali bu fikrni qo‘llab-quvvatlamayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!