"Barselona" prezidenti dahshatga tushdi

"Barselona" prezidenti dahshatga tushdi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Jirona"ga qarshi o‘yin (2:4) natijasidan juda xafa bo‘ldi.

Sport nashri xabariga ko‘ra, Laporta Kataloniya derbisi natijasiga juda alamli munosabat bildirgan.

"Barselona" rahbari o‘yindan so‘ng g‘azabini jilovlay olmadi va jahl bilan "Bunday bo‘lishi mumkin emas!" deb baqirdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Joan Laporta Xavini mavsum yakunida jamoani tark etmaslikka ko‘ndira olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!