Saudiyaliklar O‘zbekistonda yirik shamol elektr stansiyasini quradi

Saudiyaliklar O‘zbekistonda yirik shamol elektr stansiyasini quradi

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda shamol elektr stansiyasini quradi va uni 25 yil davomida ishlatadi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro investisiya forumida tegishli kelishuv imzolandi.

Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi taxminiy quvvati 5 gigavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishiga 18,2 milliard riyal (deyarli besh milliard dollar) sarmoya kiritmoqda.

Loyiha ko‘plab ish o‘rinlari yaratish hamda xizmatlar va ta’minotni mahalliylashtirish orqali iqtisodiyotni rag‘batlantirishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!