Makron Si Szinpin bilan juda muhim masalani muhokama qilmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Makron Si Szinpin bilan juda muhim masalani muhokama qilmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron XXR raisi Si Szinpin bilan 2024 yilgi Parij Olimpiadasi davriga qadar dunyodagi barcha mojarolarda sulh tuzish masalasini muhokama qilish niyatini bildirdi.

Bu haqda Fransiya rahbari La Tribune gazetasi bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

Gap dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan, Ukrainada ham harbiy harakatlarni to‘xtatish haqida ketmoqda.

“Sulh butun dunyoga xabar bo‘lishi kerak. Bu dushanba va seshanba kunlari Xitoy Xalq Respublikasi raisi bilan muhokama qiladigan mavzulardan biri”, — dedi Fransiya prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!