Toshkentdan uchgan samolyot Namanganga qo‘nishi kerak edi, lekin...

Toshkentdan uchgan samolyot Namanganga qo‘nishi kerak edi, lekin...

Uzbekistan Airways’ning Toshkentdan Namanganga uchgan yo‘lovchi samolyoti qo‘na olmasdan, poytaxtga qaytib keldi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo Neba» Telegram-kanali xabar berdi.

HY-669 reysi bilan Toshkent—Namangan yo‘nalishida uchgan a-320-214 samolyoti noqulay ob-havo tufayli ortga qaytishga majbur bo‘lgan.

Sovuq havo, quyuq tuman, gorizontal ko‘rish imkoni 600 metrdan kam, vertikal ko‘rish imkoni 60 metrdan kam bo‘lgan holatda samolyot ekipaji Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytishga qaror qilgan.

HY-669 Namangan—Novosibirsk va HY-670 Novosibirsk—Namangan—Toshkent reyslari ham noqulay ob-havo tufayli noma’lum vaqtga kechiktirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!