Toshkent aeroporti yangi samolyot buksirlarini foydalanishga qabul qildi

Toshkent aeroporti yangi samolyot buksirlarini foydalanishga qabul qildi

"Uzbekistan Airports" Toshkent aeroporti uchun TLD Europe (Fransiya) kompaniyasidan to‘rtta yangi TMX-150-15 aerodrom buksirlarini xarid qildi. Ayni paytda poytaxt a'roportida ushbu turdagi texnikalarning umumiy soni to‘qqiz donaga yetdi.

A'rodrom buksiri - bu havo kemalarini shatakka olib yurish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan yuk mashinasi. Xususan, samolyotlar mazkur transport vositasi yordamida uchish-qo‘nish yo‘lagiga, turish joyiga, terminalga yoki texnik xizmat ko‘rsatish uchun angarga yetkaziladi. Buksir yordamida samolyotning perronda aniq joylashishini ta’minlash, aviasiya yoqilg‘isini tejash va dvigatelning ishlash muddatini uzaytirish, shuningdek, samolyotlarni ayeroport ichida harakatlantirishda xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi.

Ta’kidlash joizki, "Uzbekistan Airports" kompaniyasi maxsus transport parkini yangilash va modernizasiya qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib bormoqda. Jumladan, ayerodrom majmuasini tozalash uchun yangi universal mashinalar, samolyotlarni muzdan tozalash mashinalari, samolyot tashuvchi transport, dvigatellarni yerda ishga tushirish qurilmalari, samolyot saloni uchun havo kondisionerlari va boshqalar xarid qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!