Eron Xitoyga yirik neft eksportini davom ettirmoqda

Eron Xitoyga yirik neft eksportini davom ettirmoqda

16 million tonna Eron neftini olib ketayotgan tankerlar ayni damda Xitoyga yo‘l olmoqda. Kemalar Janubiy Xitoy dengizida Riau arxipelagi yaqinida olingan sun’iy yo‘ldosh fotosuratlarida ko‘rilgan.

Eron nefti eksporti 2024 yilning dastlabki uch oyi davomida kuniga 1,56 million barrelni tashkil etib, olti yillik eng yuqori ko‘rsatkichga yetgani haqida avval xabar berilgan edi. Mutaxassislarning fikricha, bu G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun kuchaytirilgan sxema natijasi bo‘lgan.

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Eron neftining o‘sib borayotgan savdosiga qarshi kurashishga shoshilmayapti. Bayden ma’muriyati global energetika bozorining beqarorlashishidan qo‘rqadi va hali ham Tehron bilan yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!