Qamoqxonadagi falastinlik yozuvchi 2024 yilgi Arab Buker mukofotini qo‘lga kiritdi

Qamoqxonadagi falastinlik yozuvchi 2024 yilgi Arab Buker mukofotini qo‘lga kiritdi

Arab adabiyoti bo‘yicha xalqaro mukofot 2024 yil uchun 17-Arab Buker mukofoti g‘olibini e’lon qildi. Bu qamoqdagi falastinlik yozuvchi Basem Xandakjining «Samoviy rang niqobi» romani bo‘lib chiqdi.

G‘olib nomi Abu-Dabidagi gala-tadbir chog‘ida e’lon qilindi, deyiladi tashkilot saytida.

Qayd etilishicha, Xandakjining kitobi 133 ta asar orasidan «2022 yil iyulidan 2023 yil iyuniga qadar chop etilgan eng yaxshi roman» deb topilgan.

Xandakji nomidan mukofotni roman nashr etilgan «Dar Al-Adab» nashriyoti sohibi Ra’no Idris oldi.

Falastin asirlari jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, Bassem Xandakji 2004 yilning 2 noyabrida bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Nablus shahrida qo‘lga olingan va Isroil sudi tomonidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Hibsga olinganida u An-Naja universitetining jurnalistika fakulteti talabasi edi.

Qamoqda bo‘lganida u ikkita she’riy to‘plami, ko‘plab romanlari va 250 ta maqolalarini nashr ettirdi. Uning ayrim asarlari frantsuz tiliga tarjima qilingan.

Roman Xalqaro arab romani mukofotiga nomzod bo‘lganidan so‘ng, Isroil ommaviy axborot vositalarida kitobga qarshi tuhmat kampaniyasi boshlandi.

Xandakjining «Osmon rangidagi xabarchi» romani Ramallahdagi qochqinlar lageridan arxeolog Nurning isroillik paltosidan «ko‘k pasport» topib, isroilliklar bilan birga arxeologik qazishmalarda qatnashayotgani haqida hikoya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!