Byurokratik to‘siqlar bartaraf etiladi

Byurokratik to‘siqlar bartaraf etiladi

Joriy yilning 29 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab, fraksiya a’zolari tomonidan “Fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, amaldagi tartibda ko‘ra, yurtimizga olib kirilayotgan mahsulotlarning fitosanitariya sertifikatining asl nusxasi taqdim etilgunga qadar ular davlat chegarasida vaqtinchalik saqlanmoqda. Bu esa o‘z navbatida, mahsulotlarning turib qolishiga, yuk egalarining ortiqcha xarajatlariga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur qonun loyihasi ushbu byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va fitosanitariya talablarini yengillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Loyiha bilan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunga xalqaro amaliyotda fitosanitariya sertifikati talab etilmaydigan tovarlarni import qilishda eksport qiluvchi davlatning fitosanitariya sertifikatini talab etish amaliyotini bekor qilish qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Yig‘ilishda fraksiya a’zolari tomonidan qonun loyihasining qabul qilinishi fitosanitariya talablarini yengillashtirish orqali tadbirkorlarga yanada qulayliklar yaratish, aholinining sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish va ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlashga xizmat qilishi, bu o‘z navbatida partiya dasturiy maqsadi va elektoraki manfatlariga to‘la mos kelishi qayd etildi.

Qizg‘in muhokamalar yakunida qonun loyihasining ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida takomillashtirishga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar berildi hamda konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!