Instagramdagi sotuvchi ayol firibgar bo‘lib chiqdi

Instagramdagi sotuvchi ayol firibgar bo‘lib chiqdi

Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida yashovchi 51 yoshli (ayol) U.D. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 4.570.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida yashovchi 21 yoshli (ayol) X.F. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan (ayol) X.F., U.D.ga o‘zini instagram platformasi orqali “Firana,store” nomli profilning administratori sifatida tanishtirib, u xarid qilgan kiyim-kechaklar uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida oldindan 420,000 so‘m pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, so‘ng va’dasini bajarmasdan, yozishmalarni o‘chirib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.F.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!