O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish Nobel mukofoti laureatlari nigohida

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish Nobel mukofoti laureatlari nigohida

4️⃣ Aholi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik va kambag‘allik zamonamizning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu dunyoning ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan iqtisodiyotiga xosdir.

📊Kambag‘allar guruhidagi odamlarning 40 foizdan ziyod qismi beqarorlik, mojarolar va zo‘ravonlikdan zarar ko‘rgan mamlakatlarda yashaydi va kelgusi o‘n yil ichida bu ko‘rsatgich 67 foizgacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kambag‘allar sonining yarmini bolalar tashkil qiladi.

🌐Shu bois, kambag‘allik muammosini hal qilishga ilmiy jamoatchilik tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlar uchun uchta Nobel mukofoti berilgani ham bejiz emas.

📝Mualliflar o‘z tadqiqoti davomida kambag‘allik chegarasi ortida yashaydigan odamlar “kambag‘allik tuzog‘i”ga tushib qolishgan degan xulosaga kelishdi. Bunda ilojsizlik holati yuzaga keladi: kambag‘allar och qolishi natijasida zaif va mehnatga layoqatsiz bo‘lib qoladi, bu esa, o‘z navbatida kambag‘allikdan chiqishga imkon bermaydi.

🇺🇿O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish siyosatini ishlab chiqishda ushbu yo‘nalishda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan ilg‘or xalqaro ishlanmalar hisobga olingan. Xususan, 2019 yilda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan respublikaning ayrim hududlarida kambag‘allikni qisqartirish, aholining kam ta’minlangan va ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari A. Banerji va E. Dyuflo metodologiyasiga asoslangan pilot loyiha amalga oshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!