«Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasiga direktor tayinlandi

«Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasiga direktor tayinlandi

Boboyev Faxriddin Atoyevich Toshkent viloyati «Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori etib tayinlandi.

🔴F.Boboyev 1964 yilda Navoiy viloyatida tug‘ulgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1989 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini va 2004 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

🔴F.Boboyev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi »O‘zcharmsanoat« uyushmasi raisi hamda bir qator rahbar lavozimlarda ishlagan.

🔴Toshkent viloyat hokimining Investisiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sharipov Najmiddinxodja Shuxratovich rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Boboyev Faxriddin Atoyevich »Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori sifatida tanishtirildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!