Germaniya ichki ishlar vaziri Ukrainadagi urush tufayli fuqarolik mudofaasiga ko‘proq mablag‘ sarflashga chaqirdi

Germaniya ichki ishlar vaziri Ukrainadagi urush tufayli fuqarolik mudofaasiga ko‘proq mablag‘ sarflashga chaqirdi

Federal ichki ishlar vaziri Nensi Fezerning fikricha, Germaniya «Evropadagi yangi vaziyat va tahdidlar tufayli» fuqarolik mudofaa tizimini modernizasiya qilishi kerak.

«Biz yaxshi ogohlantirish tizimlari, zamonaviy vertolyotlar va boshqa jihozlarga katta miqdorda qo‘shimcha sarmoya kiritishimiz kerak bo‘ladi. Xuddi shu narsa inqiroz holatida muhim infratuzilma va ta’minotni samarali himoya qilishga ham taalluqlidir», dedi Fezer Deutschen Presse-Agentur nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi Yevropadagi xavfsizlik holatini butunlay o‘zgartirib yubordi, shuningdek, kiberhujumlar, josuslik va dezinformasiya kabi gibrid tahdidlar xavfini oshirdi.

Hozirda Germaniya Ichki ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Germaniyada fuqarolik mudofaasi tizimini o‘zgartirish bo‘yicha operativ reja ustida ishlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!