Toshkentdagi qadimiy “Chorsu” bozorida yirik yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi qadimiy “Chorsu” bozorida yirik yong‘in yuz berdi

Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot berildi.

Bugun, 28 iyun kuni soat 01:12 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan “Chorsu” bozor hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:17da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:22 da qurshab olingan va hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.

Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa joyiga Favqudodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.

Yaqin daqiqalarda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!