Evrosiyo taraqqiyot banki Qo‘shtepa kanalining qo‘shni davlatlarga ta’siri haqida fikr bildirdi

Evrosiyo taraqqiyot banki Qo‘shtepa kanalining qo‘shni davlatlarga ta’siri haqida fikr bildirdi

Qo‘shtepa kanali qurilishi Markaziy Osiyoning suv balansiga xavf tug‘dirishi mumkin, bu muammolarni mintaqa davlatlari hal qilishi zarur. Bu haqda Yevrosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzovga tayanib, “AKIpress” xabar berdi.

Podguzov YETB mintaqaning suv balansiga ta’sir ko‘rsatadigan loyihalarga e’tibor qaratayotganini ma’lum qildi. Mutaxassislarga ko‘ra, Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanali umumiy drenajdan yiliga 10 kub kilometr suv oladi, xususan, bu Amudaryoga ham tegishli.

Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imonqulovning ta’kidlashicha, Amudaryodagi suvning kamayishi Sirdaryodan qishloq xo‘jaligi va boshqa ehtiyojlar uchun suv olishning oshishiga olib kelishi muqarrar. Qator tahlilchilar bunday ssenariy ostida Markaziy Osiyo surunkali suv tanqisligiga duch kelishini aytmoqda.
Afg‘oniston Yevrosiyo taraqqiyot banki a’zosi emas, YETB kanal qurilishi davlat o‘z hududida amalga oshirayotgan loyiha ekanini eslatdi.

“Diplomatik kanallar orqali aloqalar bilan bog‘liq masalalar davlatlar tomonidan o‘zaro hal qilinadi. Ammo muammoni birgalikda hal qilishimiz kerak. Ishonamanki, davlatlar birgalikda kelishuvga erishadi. Bizning taklifimiz barcha masalalarni birgalikda hal qilishdir”, — dedi Podguzov.
Tahlilchilar vaziyatdan chiqish yo‘lini raqamli suv hisobini rivojlantirish, suvni tejash va bugungi kunda mintaqada mavjud resurslarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishda ko‘rmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!